Qo`mita yangiliklari
05/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Mamlakatimizda 2022- yilning 1-iyun holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami soni 491 071 taga yetdi va so’nggi besh yilda ularning o’sish sur’ati quyidagicha aks etdi:
05/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Respublikada 2022- yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 3,0 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % tashkil etdi.
05/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Mamlakatimizda 2022- yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni (34 060 ta), jami kichik tadbirkorlik subektlari ulushining 7,0 foizini (soni 487 101 ta) tashkil etdi va so’nggi besh yilda ularning o‘sish sur’ati quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
05/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022-yil yanvar-may holatiga
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil 15–30-iyun kunlar Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
2022- yilning yanvar-may oylarida faqat yirik korxonalar tomonidan 2,2 ming tonna yogurt ishlab chiqarilgan.
2022- yilning iyun oyida mehmonxona xizmatlari narxlari may oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2,5 % ga oshgan.
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, yakuniy iste’mol xarajatlari hajmi 131,8 trln.so‘mni tashkil etgan va 2021- yilning mos davriga nisbatan 9,3 % ga oshgan. Uning YaIM tarkibidagi ulushi 81,0 %ni tashkil etgan.
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining yakuniy iste’mol xarajatlari hajmi 98,9 trln.so‘mni tashkil etgan
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boshlab respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Ro‘yxatga olish bo‘limlari ish boshladi.
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning 1-yanvar holatiga respublikamizdagi sport inshootlarida 328 ta suzish basseynlari bor.
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kilometrni, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 42 299 kilometr (jamiga nisbatan 98,7 %) tashkil etmoqda.
2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, Toshkent metropolitenida jami 256 ta yoʻlovchi tashiydigan harakatdagi tarkib (vagonlar) mavjud boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan vagonlar soni 40 taga (18,5 foizga) oshgan.
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1207,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 44475,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,6 % va 97,4 % ni tashkil etdi.
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning hududlar kesimida eng ko‘p ulushi Qashqadaryo viloyatida – 65,6 % ni, Jizzax viloyatida 55,4 % ni, Surxondaryo viloyatida 52,3 % ni, Qoraqalpog’iston Respublikasida 48,4 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami hajmdan norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 15,4 % ni tashkil etdi yoki 7017,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etdi.
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 3668,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning 70,3 % jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 29,7 % investitsiyalar moliyalashtirildi.
04/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2022 yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (34 256 ta), jami tadbirkorlik subyektlari ulushining 7,0 foizni (soni 491 071 ta) tashkil etdi va so’nggi besh yilda ularning o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
701-sahifa 1012 dan


