Qo`mita yangiliklari

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 1 194,6 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 10,2 % ini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 425,7 % ni tashkil etdi) miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida sabzi narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 25 % ga arzonlashgan.

 2021- yil 1- noyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Savdo korxonalari yillar kesimida qaralganda quyidagicha taqsimlangan.

 Toshkent shahri aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 27,8 % ni tashkil etdi yoki 1110,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 114,1 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar - oktabr oylarida  46 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,3 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

2021- yil 2- dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda qo‘mita xodimlari, universitet oqituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha

2021- yilning 2- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 1 711,2 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 14,6 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,2 % i yoki 959,2 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.

 2021- yil 1- dekabr kuni Davlat statistika qo'mitasi markaziy apparati xodimlari hamda Isroil Markaziy statistika byurosi vakillari ishtirokida videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.

O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida 4156 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan ko‘mir ishlab chiqarish hajmi 1021,9 ming tonnaga oshgan yoki o‘sish sur'ati 132,6 foizni tashkil etgan.

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-oktabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,8 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport (23,9 %), moliyaviy xizmatlar (21,4 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,0 %) bo‘yicha qayd etildi.

 2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 254,4 ming boshga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,0 % ga teng.

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi 3,1 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,3 % ni, qurilish – 111,0 % ni, xizmatlar sohasi – 107,8 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 103,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi (95,0 %) kuzatildi.

 Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda
3,0 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

 Toshkent shahri aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 60,3 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (47,2 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (13,1 %) o‘z ichiga oladi.