Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha tashish va saqlash, axborot va aloqada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 940,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 1,9 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 57,4 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga 426 270 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari 422 586 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Xorazm viloyatida jami 4,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 1,5 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 %ga koʻpaydi.

Samarqand viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrdan yuqori bo‘lib 62,2 %ni tashkil etdi.

2022/2023-o‘quv yili boshiga Buxoro viloyatida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 57 484 nafarni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlari hajmi 10 962,8 mlrd. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (13 780,7 mlrd. soʻm) hajmining 79,6 %ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 89,2 ming tonna shagʻal qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent shahri boʻyicha 18 865 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 16 918,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,7 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 49,8 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga 102 954 ta xususiy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, so’nggi besh yilning mos davrlarida ularning dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida jami 11,0 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 162 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 1,8 %ni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 73,0 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan MDH mamlakatlari statistika idoralari mutaxassislari ishtirokida “Xalqaro taqqoslashlar dasturi”ga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 117,1 ming tonna koʻmir qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,8 %ga oshgan.