Qo`mita yangiliklari

“Правда Востока” gazetasining 2023- yil 3-sentabrdagi 179- sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “O‘zbekiston xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshiladi” nomli maqolasi chop etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 170,2 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 martaga oshgan.

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra,  tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Surxondaryo viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 91,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Fransiyadan Oʻzbekistonga 9 266 nafar fuqaro tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 4 826 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 153,3 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–iyuniga nisbatan 102,6 %), 491,0 ming tonna - sut (103,6 %), 580,5 mln. dona – tuxum (112,2 %) yetishtirildi va 4 977 tonna – baliq (100,4 %) ovlandi.

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2023- yilning avgust oyida oylik INI 100,5 % ni, 2022- yilning dekabriga nisbatan esa 103,8 % ni tashkil etdi. INI o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati joriy yilning yanvaravgustida 0,5 % ga yetdi.

1- sentabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi paydo bo`lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro`yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo`lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug`, eng aziz bayram sifatida har yili keng nishonlanib kelinadi. 

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 897,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 8,2 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 784,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,3 % ga oshgan.

Joriy yilning 1-avgust holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 108 823 ta bo‘lib, 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 154,3 foizni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 93,5 %ni tashkil etdi.

Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Buxoro viloyati boʻyicha 7 216 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Mamlakatimizda 2022- yilda jami muzeylar soni 134 tani tashkil etgan. Shundan, muzey filiallari soni 73 taga teng.

2023-yilning yanvar–iyun oylarida Fargʻona viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 88,9 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–iyuniga nisbatan 103,6 %), 505,9 ming tonna - sut (103,1 %), 277,1 mln. dona – tuxum (103,3 %) yetishtirildi va 3 274 tonna – baliq (101,3 %) ovlandi.