Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 768,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,8 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yilning 1- sentabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 175 084 ta bo‘lib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan.

Guruch 2022- yil sentabr oyida 2,6 foizga ko'tarilib, o'tgan yil oxiriga nisbatan 19,2 foizga qimmatlashdi.

2022- yil yanvar-avgust oylarida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 264,1 %), Toshkent viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 213,2 %), Surxondaryo viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 167,2 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2021- yilning mos davriga nisbatan 156,1 %)ga to‘g‘ri keldi.

2022-yil yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning aksariyat qismi yangi qurilishga yo‘naltirilgan. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi – 3 243,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 59,8 % ini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 5,5%, ikki kishilik – 8,0%, uch kishilik – 12,1%, to‘rt kishilik -19,3%, besh kishilik – 23,2% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 31,9%ni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentabrdagi 539-son qarori bilan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatish sohasida bir qator yangiliklar joriy etildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 4 646,3 mlrd. so‘mni, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati esa 113,5 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 901,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.

Ayni paytda registratorlar tomonidan oʻrganilgan mahalla xaritalari hududiy  kadastr boʻlimlari tomonidan qayta ishlanmoqda.

2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 48,1 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 79,1 tonna daftar ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 168,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

2022- yil sentabr oyida meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlaridan limon o'tgan oyga nisbatan 8,0 foizga arzonlashdi.

Farg‘ona viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 67,0 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 3,6 % punktga ko‘paydi va 22,6 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida 3810,3 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmining 36,4 %i xorijiy investitsiya va kreditlari hisobidan amalga oshirilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,7 % ni tashkil qilgan.