Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2022- yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 54,1 trln. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yil yanvar-iyun  oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 49 765 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning dinamikasi so‘nggi yillar kesimida qaralganda quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 332,1 ming kishiga koʻpaygan.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yil 1-iyul holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 493 727 tani tashkil etib,
2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 41,5 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 135,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning I yarmida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 5,0 trln. so‘mga teng bo‘ldi. Ular tarkibida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash xizmatlarining ulushi - 85,1%ga teng.

Joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi. 

Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 78,5 % ni tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 29,8 % i  yoki 12401,6 mlrd. so‘mi yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning yanvar – iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 131,7 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,4 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 91,6 % ini tashkil etdi va 5,5 % ga o‘sdi.

 Shuningdek, uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlandi. Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 72,6 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,0 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 57,3 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi.

Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 72,2 % ni tashkil etadi.