Qo`mita yangiliklari

Sirdaryo viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 51,0 % ini tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, Qashqadaryo viloyati  uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 178 tani tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022- yil yanvar- mart oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori o‘sish sur’ati Samarqand viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 113,5 % ), Surxondaryo viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 112,9 % ), Toshkent viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 112,6 %) ga to‘g‘ri keldi.

Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelib, 1- aprel holatiga yillar kesimida qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qilgan:

2022- yilning yanvar-mart oylarida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 0,3 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 219,9 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 526,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 7,4 % ga, 2017- yil bilan taqqoslaganda esa 20,6 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 58,6 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davridagi  ko‘rsatkichga nisbatan 1,1 % punktga ko‘paydi.

Respublikamizda tashkiliy- huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 3- o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,3 foiz ulushini tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 1,5 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 95,1 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 11 880,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 3,9 % ga o‘sdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida 289 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, Jizzax viloyati  uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 175 tani tashkil etdi.

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni: