Qo`mita yangiliklari

 Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 494,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,4 % ga, 2017- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 19,5 % ga o‘sdi.

 Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 283 301,6 mlrd. so‘mga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da import hajmi 8714406,2 ming. AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 113,1% ni tashkil etdi, shu jumladan:

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 26 333,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 10,6 % ga, 2017- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 34,0 % ga o‘sdi.

 2021- yilda  Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 29685,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 2,0 foizni (soni 10 391 ta) tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 336 tani tashkil etdi. Ma’lumot uchun: 2011- yilda ushbu ko‘rsatkich 181 tani, 2015- yilda 255 tani tashkil etgan.

 2021- yil yanvar-dekabr oylarida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2020- yildagi ulushiga nibatan 1,6 % punktga kamayib, 18,3 % ni yoki 44,8 trln. so‘mni tashkil etdi.

 Respublikamizda yanvar- dekabr oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 barobarga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 107447,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yil ning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - sentyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 166,0 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 89,7 %), kartoshka – 55,2 ming tonnani (105,2 %), sabzavotlar – 199,4 ming tonnani (102,9 %), poliz ekinlari – 123,4 ming tonnani (103,7 %), meva va rezavorlar – 37,3 ming tonnani (102,8 %) hamda uzum – 5,5 ming tonnani (104,2 %) tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida investitsion faollikni o‘sgani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 2020- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 % ni tashkil etdi.

2021- yilda respublika hududlari boʻyicha qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari soni:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 283 301,6 mlrd. so‘mga yetdi. 

Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 249 493,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 112,0 % ni tashkil etdi.

 2022-yil 20-yanvar kuni soat 15:00 da Milliy matbuot markazida “Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi” mavzusiga doir matbuot anjumani oʻtkazildi.