Qo`mita yangiliklari

  Toshkent viloyatida 2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 293 tani tashkil etdi. Ma’lumot uchun: 2011- yilda ushbu ko‘rsatkich 164 tani, 2015- yilda 261 tani tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 4 123,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 99,7 % ni tashkil etdi, 2017- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 8,4 % ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da сhakana savdo aylanmasining umumiy hajmida 80,8% ni tashkil etdi.

 2021- yilning dekabr oyida gulqogʻoz narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2,1 % ga qimmatlashgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 528 929 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 111,3 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,1 foizini (465 889 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

2020/2021- o‘quv  yilda mamlakatimizda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan erkak talabalarning soni 311,5 ming nafarni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da сhakana savdo aylanmasi hajmi 135 032,1 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109,1% ni tashkil etdi, shu jumladan:

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 91 152 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davri bilan solishtirganimizda 9,1 foizga oshgan.

2021- yil yanvar–noyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida eng yuqori telekommunikatsiya xizmatlari ulushi 95,3 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 55,8 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (131,6 %), Sirdaryo (127,2 %), Qashqadaryo (120,3 %), Xorazm (119,7 %) va Surxondaryo (119,4 %) viloyatlari, shuningdek, Toshkent  shahrida (123,6 %) qayd etildi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida norasmiy sector tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 590,0 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 103,5 % ni va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 23,0 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida 13,2 mlrd. so‘m moliya va sug'urta faoliyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiridi.

2020/2021– o‘quv  yilda mamlakatimizda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan jami talabalardan erkaklarning ulushi 54,5 %ni tashkil etdi.

2021- yilda respublika boʻyicha 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, Jizzax viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda ishlarni bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan oshganligi kuzatildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 127,4 mlrd. so‘m ta’lim faoliyati  bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 587 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 107,5 foizga oshgan.

Dekabr oyida tuxum narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3 % ga arzonlashgan.