Qo`mita yangiliklari

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, moliyaviy va sug‘urta faoliyatida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 29 019,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga savdo sohasida 150 672 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning 27- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 22–24- sentabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo’lib o‘tgan “Iqtisodiy statistikaning yangi tendensiyalari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari” bo‘yicha yuqori darajadagi statistika kengashi yig‘ilishining natijalari yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 6 738,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-avgust holatiga uch bolali uy xo‘jaliklar 18,4 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 30,8 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 12 ta davlatga qiymati 24,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 30,1 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

Joriy yilning 27- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud sigirlar soni 4 407,2 ming boshni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 371,8 ming tonna koʻmir qazib olingan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

2023- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar hajmi 109 339,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i yashirin iqtisodiyotida 8 053,4 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 612  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 22–24- sentabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan “Iqtisodiy statistikaning yangi tendensiyalari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari” bo‘yicha yuqori darajadagi statistika kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida O'zbekiston Respublikasida 156,7 trln so'm asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilgan.

Joriy yilning 26- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 109,2 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.