Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan boʻlib, shundan 18 608,7 ming nafari (50,3 %) erkaklar, 18 354,6 ming nafari (49,7 %) esa ayollar hissasiga toʻgʻri keladi.

2024-yilning 1-mart holatiga, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 077 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 581,2 ming juft paypoqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 26,8 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan investitsiyalar boʻyicha eng yuqori ulush Andijon viloyatida kuzatilib, bu hududda oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 48,9 % ini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlarining eng koʻp ulushi Samarqand (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 64,9 % i), Sirdaryo (53,1 %) va Xorazm (29,7 %) viloyatlariga toʻgʻri keldi.

Joriy yilning 19-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 3 042,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan texnikumlarga qabul qilingan qiz bolalarning umumiy soni 31 460 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning 17–18-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida MDH davlatlarining statistika xizmatlari mutaxassislarining Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun statistik maʼlumotlar boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 262,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6 % ga o‘sdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 111 914 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining mobil tarmoq orqali internetdan foydalanuvchilar ulushi 50,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

Joriy yilning 1-mart holatiga 618 944 ta kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 303,3 ming dona avtomobillar uchun bamperlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,1 mingtani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Statistika kengashining 2024-yil 22-martdagi 1-son bayonida berilgan ustuvor vazifalar ijrosini, jumladan, yuridik shaxslar hisobini yuritishda o‘zaro ma’lumotlar bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasida tuzilgan ishchi guruh bilan joylarga chiqqan holda o'rganishlar olib borilmoqda.