Qo`mita yangiliklari

2022/2023-oʻquv yili boshida Toshkent viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarining kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 2 702 nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent moliya institutida mahorat darsi tashkil etildi.

Joriy yilning 8–9-fevral kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Ta’lim va tadqiqot instituti, Barqaror rivojlanishga ko‘maklashish markazi (CSD Center) va BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan “Elektron chiqindilar bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi” bo‘lib o‘tdi.

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra ishtirokchisi mavjud jami 21 ta maxsus iqtisodiy zona (keyingi o‘rinlarda – MIZ), 328 ta kichik sanoat zonasi (keyingi o‘rinlarda – KSZ), 23 ta texnopark hamda 437 ta klasterlar (keyingi o‘rinlarda – klaster) mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZda 768 tani, KSZda 2 494 tani, texnoparklarda 1 694 tani va klasterlarda 440 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Fargʻona viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 17,8 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 88 %  ulushini tashkil etgan.

Respublikamizda joriy yilning 1-fevral holatiga sanoat sohasida 110 540 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Xizmatlar sohasi statistikasi” boʻlimi xodimlari uchun Xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 78,8 % ni tashkil etadi.

2023-yil yakunlariga koʻra, Toshkent shahrining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 60 648,2 ming soʻmni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 11 968,7 ming tonna sut yetishtirilgan.

Buxoro viloyati Turon Zarmed Universitetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 6,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  63,7 % ni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 2 313 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra, toʻqimachilik va moʻynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash boʻyicha xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilib, 213,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Toshkent viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlari hajmi 22 148,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga 45 456 nafar Hindiston fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 15,8 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 86,8 %  ulushini tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar oyida 6 160 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).