Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha 2 280,2 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida,  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 8 532,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, 66 364 ta xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Sirdaryo viloyati boʻyicha tashish va saqlash, axborot va aloqada yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 479,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Surxondaryo  viloyatida 6,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahrida asosiy kapitalga jami 47,7 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Xorazm viloyatida jami 259 ta moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Toshkent viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 73,2 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 6 221,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 026,7 ming dona akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 24 873 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha 1 270 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida, 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining ijara xizmatlari hajmi 4 699,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, savdo sohasida 31 508 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 41 646 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, Toshkent shahrida jami 32,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida asosiy kapitalga jami 9,8 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.