Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 347 222,0  mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib 222 069,6  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa 125 152,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Navoiy  viloyatida jami 19,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2023- yilning yanvar oyida Toshkent shahrida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1721,7 mlrd. so‘mni, Toshkent viloyatida 480,0 mlrd. so‘m va Farg‘ona viloyatida 344,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, respublikaning boshqa hududlariga nisbatan yuqori hajm qayd etildi.

2023 yilning 1-yanvar holatiga Xorazm viloyatidagi maktablar soni 573 tani tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 20,4 %ni tashkil etdi.

2022-yilning 4 choragi davomida maiyshiy yuvish va tozalash vositalari narxlarida har oyda 1,1–2,5 % atrofida oʻsish kuzatilib, 2023-yilning dastlabki oyida ushbu koʻrsatkich 0,7 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 125,5 mlrd. soʻmga yetdi. 2022-yil yanvar oyiga nisbatan oʻsish surʼati 110,3 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM hajmi 5,7 % ga o‘sdi va 31 963,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 24- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 11 629,4 ming tonna sut sogʻib olindi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 41,8 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 42,8 %ni, tashkil etgan.

2022- yilda Oʻzbekiston Respublikasida band aholi soni 13 737,3 ming kishini tashkil etib, bir nafar pensiya yoshidagi aholiga oʻrtacha 3,4 nafar band aholi toʻgʻri kelgan.

Joriy yilning 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

Joriy yilning 23-fevral kuni Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Statistika agentligida “Favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida sanoat tarmog‘ining YAHM tarkibidagi ulushi 33,5 % ni, qurilish – 10,1 % ni va xizmatlar sohasi – 56,4 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 24 300,2 tonna pilla yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 42,4 ming tonna tozalangan kungaboqar yoki maxsar yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 152,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-fevral holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 207 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini tashkil etdi. Ularning so‘nggi besh yildagi o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks topdi: