Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Respublikaning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari yalpi ishlab chiqarishi hajmi 248 646,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 59 164 dona damas avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 129,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 581 046 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,6 foizga oshganligi va shu bilan birga 88,9 foizini (516 274) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Buxoro viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 5039,0 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida jami 8447,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 86143,1 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 45,3 % ini tashkil etdi, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 89041,1 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 46,9 %) va boshqa xarajatlarga 14815,6 mlrd. so‘m (7,8 %) o‘zlashtirildi.

Respublikaga 2022-yil yanvar-oktabr oyida jami 4195,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 2149,0 ming nafari (51,2 %) ayollar, 2046,9 ming nafari (48,8 %) erkaklar.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 11 075,3 ming so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 108,2% ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrida 10 018,3 mlrd. so‘m darajasida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Toshkent shahrining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 37 510,6 ming so‘mni tashkil etdi va 2018- yilning mos davriga nisbatan 16,8 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari yalpi ishlab chiqarishi umumiy hajmi 240 233,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil qildi.

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 81 311 dona “Cobalt”  avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 155,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 97 054 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshgan.

Andijon viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4733,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,7 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida jami 2066,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 86,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida – 14167,6 ming so‘m (yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda – 94,6 %), Navoiy viloyatida – 12480,2 ming so‘m (yoki 103,8 %), va Buxoro viloyatida – 7936,7 ming so‘m (yoki 96,9 %) qayd etildi.