Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, 300 816 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
09/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 9- oktabr kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
2024- yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 14,5 trln soʻmni tashkil etgan.
Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qilingan.
09/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.
“Biznes Daily Birja” gazetasining 2024- yil 8- oktabrdagi 78-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar to‘g‘risida maʼlumotlar raqamlarda aks ettirilgan.
09/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 11,4 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
09/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 131,3 tonna yotoqxona uchun choyshab ishlab chiqarilgan.
08/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2024- yilning 1- sentabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 562 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
08/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 113,8 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
08/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning 7- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 23–25- sentabr kunlari Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo’lib o‘tgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari statistikasi sifati bo‘yicha Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun mintaqaviy oʻquv seminari” yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.
Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 62,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 64,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan.
08/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 8- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
08/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 19,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
08/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-avgust oylari yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (23,5 %) tashkil etgan.
Joriy yilning 7- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekistonda statistika tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
08/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 068,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
08/10/2024 • Qo`mita yangiliklari
“Biznes Daily Birja” gazetasining 2024- yil 8- oktabrdagi 78-sonida “Xalqaro statistika anjumani” mavzusida maqola chop etildi.
132-sahifa 1011 dan


