Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 217 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Malayziya davlatining qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha tajribasini oʻrganish maqsadida, 2024-yilning 24-26- sentabr kunlari ushbu mamlakatning Putrajaya, Seremban va Malakka shaharlarida oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 47,9 % ni tashkil etgan.

2024- yilning 30- sentabridan 4- oktabrigacha Shveysariyaning Jeneva shahrida “BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining aholini ro‘yxatga olish haftaligi – 2024” aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2024- yilning 1- sentabr holatiga 14 562 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 7- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston 2024- yil yanvar-avgust oylarida qiymati 42,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 162 ming tonna karam eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 74,7 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 86 468,3 mlrd soʻmga yetgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 157,7 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 285,2 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 2–4- oktabr kunlari Toshkent shahrida “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining II xalqaro statistika forumi: statistikada yangi texnologiya va maʼlumotlar manbalari” mavzusida navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,1 % ni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 4 678 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 80 684 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 2,4 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 4 669,8 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 629,5 ming dona yengil avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqarilgan.