Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar–mart oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hajmi 2 780,7 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,0 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 22-23-iyun kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 71-yalpi sessiyasi oʻtkazildi. Konferensiyada xalqaro tashkilotlar va mamlakatlarning milliy statistika idoralari rahbarlari, ilmiy-akademik doiralar va statistika hamjamiyatining vakillari, Yevropa statistiklari konferensiyasi aʼzolari qatnashdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar hajmi 1 211,1 mlrd. soʻmga yetdi. Eng muhimi, ushbu xizmat turining nisbatan yuqori ulushi Toshkent shahrida (umumiy hajmining 25,6 foizi), Toshkent (14,2 foiz), Andijon (9,8 foiz), Qashqadaryo (8,3 foiz), Samarqand (7,9 foiz) va Fargʻona (7,8 %) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar va gender tenglik masalasi nihoyatda dolzarb va bu davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Shu bois xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 369,3 ming tonna suyultirilgan propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,4 % ga oshgan.

Respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, mas’ulyati cheklangan jamiyati va xususiy korxonalardan keyin – uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-iyun holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 10,9 foiz ulushini tashkil etdi.

Qashqararyo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 1418,6 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 101,9 % ni tashkil qildi.  

2022/2023- o‘quv yili boshida kollejlarga qabul qilingan o‘quvchilar soni 41 806 nafarni tashkil etgan.

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2022-yilda FHDYO organlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida jami 32 189 ta nikoh qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,5 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-aprel oylari yakuniga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 2 278,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,6 % ga yetdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 931,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 8,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 290,0 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-may oylarida respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2 460 ta bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

Farg‘ona viloyatida  2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2910,4 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 120,1 % ini tashkil qildi.  

2023-yilning 1-yanvar holatiga kollejlarda tahsil olayotgan talabalar 95 144 nafarni tashkil etib, shundan o‘g‘il bolalar 12 425 nafar, qiz bolalar 82 719 nafarni tashkil etgan.

2022-yilda FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyatida jami 127 16 ta nikoh qayd etilgan.