Qo`mita yangiliklari

2021- yilning o‘tgan davrida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, 66,7 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

2021- yilning yanvar-sentabrida eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Samarqand shahrida - 2045 taga yetdi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida 57 070,7 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 1 602,1 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 17,1 % ini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 115,1 % ni tashkil etdi) miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yoshi bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, 653,8 ming nafari 31-55-yoshlilar, 468,0 ming nafari 19-30 yoshlilar, 187,6 ming nafari 56 yosh va undan kattalar, 136,7 ming nafarini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 62,9 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-oktabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 3,2 % punktga ko’paydi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida, avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 69,3 % ni tashkil etgan bo‘lib,
2020- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 104,0 % ni tashkil qildi.

2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda parrandalarning umumiy bosh soni 86 227,5 ming boshga yetdi.

2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 11,6 % ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 547 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 39,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 30 005,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.

Milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2017- yilga nisbatan 166,5 foizni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 59,0 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (28,7 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (30,3 %) o‘z ichiga oladi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 2 234,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 23,8 % ini tashkil etdi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining 587,2 ming kishini erkaklar, 548,4 ming kishini ayollar tashkil etdi.

2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda otlarning umumiy bosh soni 255,0 ming boshga yetdi.