Qo`mita yangiliklari

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 35,2 % ni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2,6 % punktga kamaydi.

2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 3 201,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,2 % ga o‘sdi.

2021- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda 1191,5 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,4 % ga teng.

2021- yilning yanvar – iyun oylarida Toshkent viloyatida  jami 10722,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 38,9 % i yoki 4166,3 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar - avgust oylarida  14 ta xorijiy davlatga qiymati 35,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan choy import qilgan hududlar:

2021- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1 216 tani tashkil etgan.

2021- yilning yanvar - avgust oylarida 703 ta elektr uskunalari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 6,2 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 465 361 ta tashkil etdi.

O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari statistik to‘plamida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasi bo‘yicha statistik va idoraviy ma’lumotlar, shu jumladan axborot va aloqa sohasidagi tashkilotlar soni, aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha bozor xizmatlari hajmi, AKT sektorining yalpi qo‘shilgan qiymati, AKT hamda axborot va aloqa sohasidagi tashqi iqtisodiy va investitsion faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2021- yilning sentabr oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning INI 1,1 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarlarni 1- oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylari sharafiga bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2021- yilning 1-  yanvar holatiga respublikamizda jami 664 771 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

2021- yilning yanvar-avgust holatiga, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 108 tani tashkil etdi.

2021- yil 1- yanvar holatiga, respublikamizda faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1216 ta.

2021- yil 1- iyul holatiga, Samarqand viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1567,0 ming boshni (2020- yil 1- iyul holatiga nisbatan 101,6%), shundan sigirlar – 671,1 ming boshni (100,3 %), qo‘y va echkilar – 2377,1 ming boshni (102,1%.), otlar – 26,4 ming boshni (102,1%) hamda parrandalar – 10598,3 ming boshni (98,7%.) tashkil etdi.