Qo`mita yangiliklari
13/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 512,9 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 31,8 % ga oshgan.
Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 6,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 3 442,3 ming boshni tashkil etdi.
Dastlabki maʻlumotlar boʻyicha, 2024-yilning yanvar-mart holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,2 %, transfertlardan olingan daromadlar 27,8 % hamda shaxsiy isteʻmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 13 % tashkil etdi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 73,5 % ni tashkil etdi.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 519,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 126 764,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylari davomida qayd etilgan nikohlarda nikohlanuvchi xotin-qizlarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etgan.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylari davomida trolleybus transportida 160 ming yoʻlovchi tashilgan.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oyida jami 19 767 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
10/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 793,1 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9 barobarga oshgan.
08/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 21,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
08/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yil 8-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari Gruziya Respublikasining Tbilisi shahrida Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Statistika departamenti, Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT Konferensiyasi (YuNKTAD) hamda Gruziya Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Xizmatlarning xalqaro savdosi va raqamli savdo bo‘yicha statistika” mavzusida mintaqaviy seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
08/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 7 % ni yoki 7,6 trln. soʻmni tashkil etdi.
196-sahifa 1012 dan


