Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha 850282 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 22,2 %ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-noyabr oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 983 taga kamligini ko‘rish mumkin.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, eng ko‘p Toshkent shahrida – 11 289,0 tani yoki jami yangi tashkil etilganlarning 16,3 % ni tashkil qildi.

2022- yilning 7- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 25- noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun!”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiorlari ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 28 247,7 milliard so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha jami 3 903,8 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 19,6 %ni tashkil etdi.

Maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 2 251,8 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax (49,7 %) va Surxondaryo (46,9 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (70,3 %) va Toshkent (48,2 %) viloyatlarida, qurilishning eng yuqori ulushi Toshkent shahrida (10,0 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,8 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa Toshkent shahrida (56,0 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (39,8 %) kuzatildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda jami 46 743 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 121 taga ko‘paygan. Bundan tashqari shu  yilning yanvar-noyabr oylarida 4 397 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

2022-yil 1-oktabr holatiga, Jizzax viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 943,5 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 102,5 %), shundan sigirlar – 273,1 ming boshni (102,6 %), qoʻy va echkilar – 2 311,8 ming boshni (103,5 %), otlar – 29,3 ming boshni (103,7 %) hamda parrandalar – 4 058,7 ming boshni (113,6 %) tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da yo‘lovchi aylanmasi 90420,7 mln. yo‘l. km.ni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan  103,2 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p Toshkent viloyatida – 13 321,5 mln. yo‘l. kmni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 30 050,8 tonna gofrirovka qilingan qogʻoz va kartondan yasalgan qutilar, yashiklar va qutichalar ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida (14 612,9 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatkichning 57,1 % i), Toshkent viloyatida (5 289,4 mlrd. so‘m yoki 56,7 % i), Samarqand viloyatida (4 665,5 mlrd. so‘m yoki 66,3 % i) qayd etildi.