Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar soni 35 830 ta, jami tadbirkorlik subyektlari ulushining 6,9 foizni (soni 516 274 ta) tashkil etdi.

Joriy yilning noyabr oyida havo transporti xizmatlari narxi o'rtacha 6,5 foizga oshdi.

Joriy yilning 1- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Farxod G‘aniyevning 2022- yilning 21–25- noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun mintaqaviy salohiyatni rivojlantirish markazi tomonidan “Davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 41,2 % ini tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 27,8 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha jami 8 505,6 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Oʻzbekistonga 2022-yil oktabr oyida eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 45,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasida 233 097,4 mlrd.so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi.

Joriy yilning 1-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining tashabbusi bilan yurtimizdagi turli vazirlik va idoralarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar oʻrtasida, ixtiyoriylik asosida “Onkogematologik kasalliklarni birgalikda yengamiz!” shiori ostida “Donorlik bilan hayot ulashaylik!” aksiyasi tashkil etildi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Samarqand viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 635,0 ming tonna don (2021– yilning yanvar – sentyabriga nisbatan 110,9 %), 544,2 ming tonna kartoshka (105,8 %), 1 203,7 ming tonna sabzavotlar – (101,5 %), 88,5 ming tonna poliz (106,1 %), 289,9 – ming tonna meva (100,5 %) va 507,5 ming tonna uzum (101,8 %) yetishtirildi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.

2022- yil yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 84,7 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 15,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 008,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM 6,1 % ga o‘sgan holda 67 365,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022– yilning yanvar–sentyabr oylarida Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 664,4 ming tonna don (2021– yilning yanvar – sentyabriga nisbatan 109,2 %), 298,1 ming tonna kartoshka (103,7 %), 875,7 ming tonna sabzavotlar – (104,5 %), 216,6 ming tonna poliz (109,4 %), 137,0 – ming tonna meva (114,9 %) va 88,2 ming tonna uzum (101,3 %) yetishtirildi.