Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekistonda 2021-yilda sanoat korxonalari tomonidan 10,9 ming tonna muzqaymoq ishlab chiqarilgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan hayvonot bogʻlari soni 3 tani tashkil etgan. Ushbu hayvonot bogʻlari Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan.

2022- yilning iyun oyida yil boshidan narxlar pasayishi boʻyicha bodring yetakchi boʻlib, uning narxi 55,8 % ga arzonlashdi. Shu bilan birga, bodring 2022-yilning may oyiga nisbatan 42,4 % ga arzonlashgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 472 tani tashkil etgan.

2022- yilning iyun oyida olma narxlari may oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 5,8 % ga arzonlashgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etgan boʻlib shundan 4 797 tasi (jami moddiy madaniy meros obyektlarining 58,4 %i) arxeologik yodgorliklari hisoblanadi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2444,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning 62,7 % jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 37,3 % investitsiyalar moliyalashtirildi.

2022- yilning yanvar-may oylarida yangi qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori o`sish sur’ati Farg`ona va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilib, 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan mos ravishda 37,3 % va 20,7 % ga ko`paydi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 83,4 %, yoki 3018,6 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 122,3 % tashkil etdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8210 tani tashkil etgan.

Respublikamizda 2022- yilning yanvar-may  oylarida, sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subektlarining soni 7 584 tani tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan yangi qurilish hisobidan 14946,0 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi  49,4 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-may oylarida 41 217 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

2021-yil yakuniga koʻra respublikamizda avtomobillarni yuvish, sayqallash va shu kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar soni 1 294 tani tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan 42 taga oshgan.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yakunlari bo‘yicha MDH mamlakatlarida xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmi quyidagicha bo‘lgan:  

2021- yil davomida taransportning barcha turlari boʻyicha jami 6 029,7 mln yoʻlovchi tashilgan boʻlib, shulardan avtomobil transportida 5 914,2 mln (jami tashilgan yoʻlovchilarning 98,1 %), shahar elektr transportida (tramvay, trolleybus, metro) 104,6 mln (1,75 %), temir yoʻl transportida 7,9 mln (0,1 %) hamda havo transportida 3,0 mln (0,05 %) yoʻlovchi tashilgan.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilda 2017- yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot o‘sishi Armanistonda 10,8%, Belarus Respublikasida 6,3%, Moldovada 14,1 %, Ozarbayjonda 5,1 %, Qozog‘istonda 10,3 %, Qirg‘izistonda 3,0 %, Rossiya Federatsiyasida 7,2%, Tojikistonda 31,7 %, Ukrainada 6,3%, O’zbekistonda esa 21,9 %ni tashkil etgan.