Qo`mita yangiliklari

 2022- yilning yanvar-mart oylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 8,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 167,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  549,5 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, respublika bo‘yicha bajarilgan jami qurilish ishlari tarkibidagi ulushi 2,3 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,7 % punktga kamaydi.

Andijon viloyatida 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 98,2 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

2022- yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 14,7 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 130,1 % ni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2022- yilning o‘tgan davrida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 66,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 32,5 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2022- yilning 1-aprel holatiga respublikaning  demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,3 f.p. (2021- yilning yanvar-martida – 0,3 f.p., 2020- yilning yanvar-martida – 0,4 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,7 f.p.

2022- yilning yanvar-mart oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Toshkent  shahrida (11,0 %), Qashqadaryo (10,8 %), Navoiy (10,6 %), Namangan (9,5 %) va Jizzax (8,1 %) viloyatlarida yuqori o‘sish kuzatildi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, Navoiy viloyati  uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 161 tani tashkil etdi.

2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra, respublika doimiy aholisi sonining 31,% i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 57,4 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 11,1 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

 Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

2022- yil yanvar- mart oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 426,8 ming so‘mni tashkil etib, (2021- yil yanvar- mart oylarida 2876,4 ming so‘m bo‘lgan) 2021- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 119,1 % ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar- mart oylarida norasmiy sektor tomonidan eng yuqori o‘sish sur’ati Qoraqalpog‘iston    Respublikasi (2021- yining mos davriga nisbatan 131,9 % ), Farg‘ona viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 127,9 % ), Navoiy viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 127,3 % ) ga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan.