Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar - avgust holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan kompyuterlar soni 60 tani tashkil etgan.

 2021- yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 19,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

 2021- yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatimizda 416,4 ming tonna kalava ip ishlab chiqarilgan.

 2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni 2 767 126 tani tashkil etgan.

 2021- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda 45497 tonna uzum yetishtirilgan.

Joriy yilning 23–24 sentabr kunlari videokonferensaloqa shaklida Yevrostat va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan “Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy statistika idoralari uchun – kelajakka e’tibor: ustuvor yo‘nalishlar va innovatsion amaliyot 2021” mavzusida  yuqori darajali seminar tashkil etildi.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 3201,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 49,9 % i yoki 1596,2 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.

 O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-avgust oylarida  45 ta xorijiy davlatdan qiymati 8,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,5 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

 Sinov hududi  statistika boshqarmalari tomonidan sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatimizda 3,2 mln. tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.

 Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 58,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (19,7 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (39,2 %) o‘z ichiga oladi.

Respublikamizda tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 3 o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2021- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 10,9 foiz ulushini tashkil etgan.

 2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 295 tani tashkil etgan.

2021- yil 1- yanvar holatiga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1670  tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 6,7 barobarga oshgan.

 2021- yilning yanvar-avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,0 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-avgust oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.

2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.