Qo`mita yangiliklari
07/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida umumta’lim muassasalarida 11- sinfni bitirgan oʻgʻil bolalar soni 180 ming nafarni tashkil etgan.
07/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 5–7-iyun kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) va Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) boʻlimi bilan hamkorlikda, “Sharqiy Yevropaning ayrim davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoat statistikasini takomillashtirish va sanoat rivojlanishini tahlil qilish uchun statistik koʻrsatkichlarni ishlab chiqish” loyihasi doirasida “Sanoat statistikasi” boʻyicha mintaqaviy seminar o‘tkazildi.
07/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-aprel oylarida taʼlim sohasidagi (131,5 %), aloqa va axborotlashtirish (119,8 %), moliyaviy (118,2 %) va sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlarda (114,4 %) yuqori oʻsish surʼatlari qayd etildi.
“Qishloq hayoti” gazetasining 2024-yil 6-iyundagi 23-sonida Toshkent shahar Uchtepa tumani statistika boʻlimi boshligʻi Uchqun Karimovning “Aholini roʻyxatga olish nima uchun kerak?” nomli maqolasi chop etildi.
07/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 7-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
07/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024 yilning yanvar-mart oylarida 73,8 trln soʻm yoki 2023 yilning mos davriga nisbatan 270,9 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.
07/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 11,3 % ni tashkil etdi.
Joriy yilning 1-may holatiga 625 763 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan boʻlib (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz), oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich 7,7 % ga oshgan.
07/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida jami yirik korxonalar tomonidan 699,1 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 48,7 % ga oshgan.
06/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilish hisobidan 9,7 trln soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa 14,9 trln soʻmlik ishlar bajarildi.
06/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim muassasalarida 11-sinfni bitirgan qiz bolalar soni 207 ming nafarni tashkil etgan.
“Zarafshon” gazetasining 2024-yil 6-iyundagi 67-sonida “Sanoat statistikasi masalalari muhokama qilinmoqda” nomli maqola chop etildi.
06/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-aprel oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etgan.
06/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 4-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo‘limi tomonidan BMT Iqtisodiy statistiklar tarmog‘ining ma’lumotlar strategiyasi Sprint dasturi doirasida “Ma’lumotlar strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” mavzusida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
06/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 6 va undan ko‘p kishili uy xo‘jaliklari 38 % ni tashkil etmoqda.
06/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xoʻjaliklari tomonidan 1 825,9 ming tonna sut yetishtirilgan.
06/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
06/06/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining yalpi qoʻshilgan qiymati hajmi 126 764,5 mlrd soʻmni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 6,8 % ga oʻsdi.
183-sahifa 1011 dan


