Qo`mita yangiliklari

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

2022- yilning dekabrida bolalar uchun plastmassa oʻyinchoqlar narxlari bir oyda (noyabr oyiga nisbatan) 0,3 %ga oshdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) Respublikamizning quyidagi tuman va shaharlarida kuzatildi:

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida bino va inshootlar qurilishi yetakchilik qilmoqda. Mazkur faoliyat turida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 89,4 trln.so‘mni tashkil etgan holda, 68,4 % ulushni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 6,1 trln. so‘mga teng bo‘lib, jami investitsiyalardagi ulushi 59,9 % ga  yetdi.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 77,9 %,  transfertlardan olingan daromadlar 14,8 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,3 % tashkil etadi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida tramvay transportida 2 911,4 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2021-yilning mos davriga nisbatan 654,3 mingga koʻpdir.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 16,6 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.

2022-yilning yanvar – dekabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 364,5 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 659,1 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 131,3 % ni tashkil etdi.

Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxatga olish 1897- yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu tadbir ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan.

2023- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 523 556 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan. Ularning so’nggi yillarda o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2022-yilning dekabrida ovqatlarni yetkazib berish xizmatlari narxlarining 2021-yilning dekabriga nisbatan oʻsish surʼati 5,0 % bo‘ldi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 130,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Andijon viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 8,4 trln. so‘mga teng bo‘lib, jami investitsiyalardagi ulushi 57,2 % ga yetdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni respublikamiz boʻyicha jami 523 556 taga yetdi. Bu esa, oʻtgan yiling mos davriga nisbatan 60 722 taga yoki 13,1 % ga oʻsganligini koʻrsatadi.

Fermer xoʻjaliklari tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha taqdim etiladigan “1- fx” yillik statistika hisobotini topshirishda fermer xoʻjaliklariga uslubiy koʻmak berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.