Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2022- yil yanvar oyida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 7 331 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida jami 44474,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilga nisbatan 104,9 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida yangi qurilishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar ulushining eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 73,4 % ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 7,4 % ga o‘sdi va 26 250,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,7 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 28,8 %), sanoatda 107,4 % (26,7 %), qurilishda 110,5 % (8,5 %) va xizmatlar sohasida 109,7 % (36,0 %)ni tashkil etdi.

 2021- yilda Oʻzbekiston 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati 13,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 786 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

2021- yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan “Nexia T-250” avtomobillari soni:

2022- yilning yanvar oyida 2021- yilning dekabr oyiga nisbatan propan 8,5 % ga arzonlashgan.

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatida jami ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibining katta qismini savdo xizmatlari – 31,8 %, transport xizmatlari – 23,9 %, moliyaviy xizmatlar – 16,3 %, ta’lim xizmatlari – 5,7 %, shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 4,0 % band etgan.

2022- yil yanvar oyida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

2020/2021- o‘quv yilida Toshkent shahrining oliy ta’lim tashkilotlarida professor-o‘qituvchi xodimlari soni 11,6 ming nafarni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun logotip va shior yaratish bo‘yicha konkurs e’lon qiladi.

2022 yil 31- yanvardan 5- fevralgacha Minsk shahrida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Belarus Respublikasi tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Joriy yilning 8- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining O'zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish doirasida BMT Taraqqiyot dasturining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Olena Sosenko xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 4772,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilga nisbatan 110,5 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 64647,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va respublikadagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 26,4 % ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM deflyator indeksi 2020- yildagi narxlarga nisbatan 113,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 8- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

2022- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 518 tani tashkil etgan.