Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida 5,5 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 29,7 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 459,9 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,7 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyati boʻyicha 3 100,0 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 20 506 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 20 791,2  mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari  soni 19 407 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 514,2 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,5 % ga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga respublika boʻyicha sabzavotlar ekilgan maydon 245,1 ming gektarni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 42 694 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Buxoro viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

Joriy yilning yanvar-avgust oylari maʼlumotllariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 773,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 125,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 087,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,7 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida 0,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 10,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Fargʻona viloyati boʻyicha 5 933,7 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning 1- oktabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 34 876 tani tashkil etdi.

Xizmatlar sohasi bu – korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladigan turli xil xizmat turlarini takror ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan umumlashtiruvchi kategoriyadir. Bu tijorat, professional va isteʼmol xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan mamlakatning iqtisodiy sektoridir.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qashqadaryo viloyati boʻyicha 75 294 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Shu kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida katta bayram. Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘ldi.