Qo`mita yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 93,5 %ni tashkil etdi.

Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Buxoro viloyati boʻyicha 7 216 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Mamlakatimizda 2022- yilda jami muzeylar soni 134 tani tashkil etgan. Shundan, muzey filiallari soni 73 taga teng.

2023-yilning yanvar–iyun oylarida Fargʻona viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 88,9 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–iyuniga nisbatan 103,6 %), 505,9 ming tonna - sut (103,1 %), 277,1 mln. dona – tuxum (103,3 %) yetishtirildi va 3 274 tonna – baliq (101,3 %) ovlandi.

2023-yilning o‘tgan yetti oyi davomida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi  88,4 %ni tashkil etdi. 2023-yilning yanvar-iyul oylari yakuniga ko‘ra, sug‘urta xizmatlarining ulushi 7,3 % oralig‘ida qayd etildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahriningning aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 27 960,7 ming so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,5 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 820,3 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,4 % ga oshgan.

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 9 931 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-iyul oyida ushbu sohada 1 792 ta korxona yangi tashkil etilgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 91 tani tashkil etgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 523,6 mingtani tashkil etgan.

Qashqadaryo viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 33,2 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 138,7 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 9 966 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholining umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 31,9 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davrida 29,9 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 79,2 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–iyuniga nisbatan 108,5 %), 342,2 ming tonna - sut (103,0 %), 289,5 mln. dona – tuxum (105,6 %) yetishtirildi va 2 108 tonna – baliq (182,0 %) ovlandi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 9 328,6 mlrd. so‘mni, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 109,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 446,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,3 % ga o‘sdi.