Qo`mita yangiliklari

   2022- yilning yanvar-aprel oylarida  ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,0 % punktga ko‘paydi va 15,4 % ni tashkil etdi. Qolgan 84,6 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,0 % punktga kamaydi.

2022- yil may oyida respublika boʻyicha 70 467 ta tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2022- yilning may oyida respublikamizda 70 467 nafar chaqaloq tugʻilganligi qayd etilgan.

Respublika boʻyicha 15-49 yoshdagi ayollar oʻrtasida homiladorlikni toʻxtatish 2021-yilda 35,4 tani tashkil etib 2017-yilga nisbatan 7 mingtaga kamaygan.

2021-yilda faoliyat koʻrsatgan teatrlar soni 50 tani tashkil etib, ulardan 24 tasi drama teatri, 10 ta musiqali teatr, ta yosh tomoshabinlar teatri, 7 ta qoʻgʻirchoq teatri va 1 ta opera va balet teatri.

2022- yil yanvar-mart oylarida hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida kuzatildi – 53,6 % yoki  1962,2 mlrd. so‘m. 

2022- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 2,4 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng past koʻrsatkich qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 1,0 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2018-yilda qayd etilgan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 23974,0 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 47,9 % ini tashkil etdi, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 21367,2 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 42,7 %) va boshqa xarajatlarga 4719,4 mlrd. so‘m (9,4 %) o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-martida oylarida yo‘lovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 92,1 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Samarqand viloyatida98,8 % ni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida bino va inshootlarni qurish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 69,2 % ni tashkil etib, 2021- yilning mos davridagi ko`rsatkichga nisbatan 0,6 % punktga ko‘paydi.

            2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida YAHM hajmi 10,4 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida sanoatning o‘sish sur’atlari 110,1 % ni, qurilish – 115,7 % ni, xizmatlar sohasi – 108,5 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 116,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta hajmi Toshkent shahrida kuzatilib, respublikadagi jami investitsiyalarning 17,1 % ini yoki 8,5 trln. so`mni tashkil etdi. Shuningdek bu ko‘rsatkich Buxoro viloyatida 13,6 % ni yoki 6,8 trln. so‘m miqdorida qayd etildi.

2022- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 38,9 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘p ulush   kichik korxona va mikrofirmalarda  bolib,  24, 0  % ni  tashkil qildi.

            2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 18,9 % ni, sanoat – 24,5 % ni, qurilish – 7,7 % ni va xizmatlar sohasi – 48,9 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 28,0 % ni tashkil etib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,5 % punktga ko‘paydi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng yuqori o`sish sur`ati Sirdaryo viloyatida kuzatilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 227,4 %ni tashkil etdi. Shuningdek bu ko‘rsatkich Buxoro viloyatida 224,6 % darajasida qayd etildi.