Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida  ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2020- yilga nisbatan 0,3 % punktga ko‘paydi va 21,6 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – 57,6 % yoki 4543,3 mlrd. so‘m. 

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da xizmatlarning  umumiy hajmi 51,1% ni tashkil etdi, shu jumladan:

2021- yil yakunlariga ko‘ra, qurilishning O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1-  yanvar holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foizni (soni 18 251 ta) tashkil etdi.

2021- yilda  Oʻzbekiston 36 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 333 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.

2021- yilning yanvar - dekabr oylarida Oʻzbekistonda jami 451,6 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 58,6 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 35,6 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar soni 10,0 ming nafarni tashkil etgan.

2020- yilda har 10 000 aholiga to‘g‘ri keladigan oliy ta’lim tashkilotlarini bitirgan talabalar soni 25 nafarni tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 62,4 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 30,3 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 13,3 trln. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 118,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 6,3 foizni (soni 33 104 ta) tashkil etdi.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 144 812,7 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 51,1 % ni tashkil etdi.

 2021-yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda jami 3 292,3 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 41,1 % ni tashkil etdi va 2020- yilga nisbatan 0,8 % punktga kamaydi.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 125559,9 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 51,3 % ini tashkil etdi, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 105957,2 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 43,2 %) va boshqa xarajatlarga 13445,5 mlrd. so‘m (5,5 %) o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da сhakana savdo aylanmasi hajmi 204787,4 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111,8% ni tashkil etdi, shu jumladan: