Qo`mita yangiliklari

2024- yilning 1-yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,1 mingtani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (7 453,4 ming so‘m), Navoiy viloyatida (5 887,8 ming so‘m), Toshkent viloyatida (4526,0 ming so‘m), Andijon viloyatida (3 982,7 ming so‘m) hamda Buxoro viloyatida (3 883,9 ming so‘m) kuzatildi.

2024-yil 1-yanvar holatiga doimiy aholi soni 36 799,8 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 18 525,0 ming kishini, ayollar soni 18 274,8 ming kishini, shahar aholisi soni 18 768,5 ming kishini, qishloq aholisi soni 18 031,3 ming kishini tashkil etdi.

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 426 264,0 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 411 594,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 10 399,5 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 4 269,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, axborot va aloqa sohasida 10 551 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 066,6 trln. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Fargʻona viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 174,1 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 1,2 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  6,4 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97 % ni tashkil etgan. 

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 38,6 ming tonna jun qirqib olingan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Xorazm viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 1 995,6 ming kishini tashkil etgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Fargʻona viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 28 499 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning 23-25-yanvar kunlari Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan “Statistik qoʻllanmalarning yangi tahrirlari (Toʻlov balansi boʻyicha qoʻllanma-7 va MHT-2025)” mavzusida tashkil etilgan onlayn oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 976,2 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 9,4 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  3,3 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97 % ni tashkil etgan. 

2024-yilning 1-yanvar holatiga Toshkent shahri boʻyicha jami doimiy aholi soni 3 040,8 ming kishini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida temir yoʻl transporti xizmatidan 9 707,7 ming yoʻlovchi foydalangan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-ynvar holatiga jami 420 772 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.