Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-aprel oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 296,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 740,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 4,5 % ga o‘sdi.

 Statistika agentligidan tuzilgan ishchi guruhi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, tuman hokimligi va sektor rahbarlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan paxtadan 4 263,4 ming m² mato ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 54,6 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-iyun holatiga jami 46 301 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 5187,2 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 162,0 % ni tashkil qildi.  

2023-yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 456,3 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  71,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha 2 361,1 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning 5–9- iyun kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch Okeani hududi bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan Osiyo va Tinch Okeani hududida tabiiy ofatlar bilan bog‘liq ma’lumotlar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda 1 088 ta mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda, ulardan yulduzlar toifasi boʻyicha:

2023-yilning yanvar-may oylarida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha  40 005 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yil 1-aprel holatiga, Samarqand viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 641,4 ming boshni (2022-yil 1-aprel holatiga nisbatan 101,8 %), shundan sigirlar – 698,4 ming boshni (102,8 %), qoʻy va echkilar – 2 533,3 ming boshni (102,0 %), otlar – 27,8 ming boshni (102,1 %) hamda parrandalar – 12 247,5 ming boshni (101,7 %.) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida toʻqimachilik va moʻynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash boʻyicha xizmatlarining hajmi 212,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,6 % ga o‘sdi va 4 230,0 ming so‘mni tashkil etdi hamda 2019- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 13,3 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 16,4 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,1 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan qurilish sohasidagi korxonalar soni 2 128 ta bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

Surxondaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 764,5 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 117,3 % ini tashkil qildi.