Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 514,4 tonna gilos sharbati ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 31 041 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Andijon viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 98,4 % ini tashkil etdi.

2022/2023- o‘quv yili boshiga nodavlat umumtaʼlim muassasalaridagi o‘qituvchilar soni 5,0 ming nafarni tashkil etdi.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublika boʻyicha jami doimiy aholi soni 36,2 mln. kishini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻpaydi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 54,8 %, transfertlardan olingan daromadlar 35,7 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,5 % tashkil etadi.

2023-yilning yanvar - mart oylarida Toshkent viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 4 829,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 11- may kuni Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanovning 2023- yilning 25-27- aprel kunlari Jeneva (Shveysariya) shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan Milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishdagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

2023- yil yanvar-mart oylarida temir yoʻl transportida bir kunda oʻrtacha 27,8 ming nafar yoʻlovchilar joʻnatilgan boʻlib, 2022-yilning mos davrida joʻnatilgan yoʻlovchilar soniga nisbatan 4,5 ming nafarga koʻp.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 0,7 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Ichki savdo va xizmatlar statistika bosh boshqarmasi xodimlari oʻrtasida onlayn seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 273,8 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan.

  2023- yil 1-may holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 51 604 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 159,0 foizni tashkil etdi.

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi ulushi 76,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilda mamlakatimizda nodavlat umumta’lim muassasalarida 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar soni 1041 nafani tashkil etdi.

2023- yilning yanvar - mart oylarida Sirdaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 1 287,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 71,6 %,  transfertlardan olingan daromadlar 17,1 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 11,3 % tashkil etadi.