Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar - mart oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 1 338,1 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,4 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 64,8 %, transfertlardan olingan daromadlar 29,1 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,1 % tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 10 ta xorijiy davlatga qiymati 2 mln AQSH dollarlik shampun eksport  qilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM 8 619,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 4,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 820,8 tonna gʻildiraklar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 20,8 % ga oshgan.

Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tadbir tashkil etildi.

2023- yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, yashash va  ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 40 793 ta.

 O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2023- yilning 1- aprel holatiga yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, eng ko‘p Toshkent shahrida – 4126 ta yoki jami yangi tashkil etilganlarning 17,8 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyatida 1,4 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Kurash xalqimizning qadimiy milliy sport turlaridan biridir. Soʻnggi yillarda ushbu milliy sport turini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish, bu boradagi xalqimizning qadimiy anʼanalarini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyatida jami1,7 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 9 654 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar - mart oylarida Buxoro viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 766,5 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,2 %,  transfertlardan olingan daromadlar 34,5 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,3 % tashkil etdi.

Joriy yilning 3- may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich hududiy statistika idoralarining faoliyatini oʻrganish maqsadida Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida YAHM hajmi 3,0 %ga o‘sdi va 5 258,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-mart oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,0 % yoki 350,1 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan. Bu esa oʻrtacha bir kunda 3,9 ming yoʻlovchi ushbu transport turidan foydalanganini koʻrsatmoqda.

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.