Qo`mita yangiliklari

2023- yil 1- yanvar holatiga Surxondaryo viloyatida jami 34 ta sport-taʼlim muassasalari mavjud.

2023- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,2 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58,2 mingtaga kamaygan yoki 12,3 % ga pasaygan. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 14,2 birlikni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 25 291 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida transport xizmatlari hajmi 23 085,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yil yanvar-mart oyiga nisbatan ushbu xizmat turining oʻsish surʼati 113,7 % ni tashkil etdi.

Namangan davlat universitetida viloyatdagi mahalliy va davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 4,1 % ga o‘sish kuzatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 234,6 ming tonna propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,0 % ga oshgan.

2023- yil 1- aprel holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 50 856 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 153,9 foizni tashkil etdi. So’nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 38 829,7 mlrd. so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,9% ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri kelib - 34 157,3 mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa - 4 672,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston Respublikasida 25,1 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston Respublikasida jami 27,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yil 1- yanvar holatiga Namangan viloyatida jami 26 ta sport-taʼlim muassasalari mavjud.

2023-yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 6 266 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida, Toshkent shahrida kuzatilgan uy  xo‘jaligi a’zolaridan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 71,4 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 77,1 %, ayollar - 66,2 % tashkil etmoqda.

Demografiya statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning sohalaridan biri bo‘lib, aholi soni, tarkibi, aholi yoki uning guruhlari joylashuvi va takror hosil bo‘lishi bilan bog‘liq maʼlumotlarni statistik usullardan foydalangan holda yig‘ish, qayta ishlash, ifodalash va tahlil qilish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Joriy yilning 27- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023- yil I chorak yakunlari bo‘yicha agentlikning kengaytirilgan Hay’at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti vakillari, tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

2023 - yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (6 617,5 ming so‘m), Navoiy viloyatida (5 486,7 ming so‘m), Toshkent viloyatida (4 091,4 ming so‘m), Andijon viloyatida (3 504,5 ming so‘m) hamda Buxoro viloyatida (3 487,1 ming so‘m) kuzatildi.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, shaxsiy xizmatlar hajmi 2 436,0 mlrd. soʻmga teng boʻldi.