Qo`mita yangiliklari

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 199 xil jurnal va boshqa davriy nashrlar chop etilgan bo‘lib, shulardan Toshkent shahri  (157 ta) yetakchilik qilmoqda.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 89,6 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,4 %), 435,0 ming tonna sut (102,2 %), 274,5 mln. dona tuxum – (117,1 %) yetishtirildi va 1 406 t. baliq (112,6 %) ovlandi.

2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 413 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,7 foizni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-avgust oylarida respublika korxonalari tomonidan 338,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,5 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 71,0% ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan Surxondaryo viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2022- yilning yanvar-iyul oylarida 1 273,0 mlrd. so‘mga oshib, 6 982,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 33,4 % ni, sanoat – 16,1 % ni, qurilish – 7,7 % ni va xizmatlar sohasi – 42,8 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda texnologik innovatsiyalarni joriy qilgan tashkilotlar soni 1098 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylariga Samarqand viloyati bo‘yicha umumiy xizmatlar tarkibida savdo xizmatlarining ulushi ahamiyatli bo‘lib, 27,7 % yoki 3 397,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 11,0 % ni, sanoat – 72,3 % ni, qurilish – 3,7 % ni va xizmatlar sohasi – 13,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2022- yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 26,7 ming tonna mashinada yoki qoʻlda toʻgʻilgan boshqa trikotaj polotnolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- sentabr xolatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 95 761 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga oshgan.

Kuzatuv natijalariga koʻra bolalar uchun boʻtqalar narxlari joriy yilning avgust oyida oʻtgan yilning dekabriga nisbatan 5,5 % ga oshgan.

 Xorazm viloyatida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 90,3 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 142,0 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 107,4 %), 657,6 ming tonna sut (100,1 %), 461,5 mln. dona tuxum – (100,1 %) yetishtirildi va 2 072 t. baliq (119,7 %) ovlandi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Buxoro viloyatida (658,0 mlrd. so‘m yoki 2021- yilning yanvar-iyuliga nisbatan o‘sish sur’ati 119,4 % tashkil etdi), Qashqadaryo viloyatida (889,7 mlrd. so‘m yoki 116,1%) Surxondaryo viloyatida (893,4 mlrd. so‘m yoki 113,9 %) qayd etildi.