Qo`mita yangiliklari

    2020- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qurilish tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 37 488,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 62,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 5,6 % dan 6,7 % gacha oshdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra,

2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining taqsimlanishi, mlrd. so‘m

2010- yilga nisbatan 2020- yilda Farg’ona viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12 223,1 mlrd. so'mga o'sdi va 13 694,4 mlrd. so'mga teng bo'ldi. 2020-yil yakuniga ko‘ra Farg’ona viloyatida ko'rsatilgan bozor xizmatlarining jami respublikadagi ulushi 6,2 % ni tashkil etdi.

2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi, mln. so‘mda

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 1,9 foizni (soni 10 305 ta) tashkil etdi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2021- yil 20- oktabr 208- sonida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbatiga bag’ishlangan maqola chop etildi.

 Mamlakatlarning milliy statistika tizimini rivojlanganlik darajasini baholab boradigan Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da O‘zbekiston 67,8 ball bilan 154 ta davlat orasidan 61- o‘rinni egallagan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,6 kishini tashkil etdi, shundan 0,4 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 3,7 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 8,9 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 15,9 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 25,8 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 45,3 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

  2020- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining yalpi qo‘shilgan qiymati 151 250,9 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 7,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 32,1 % dan 27,1 % ga kamaydi.

2020/2021 o‘quv yili boshiga, umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining jami soni 6287,9 ming nafarni tashkil etib, ulardan 3052,9 ming nafari (48,6 %) qizlar va 3235,0 ming nafari o‘gil bolalar (51,4 % ) dan iborat.

 Respublikamizda yanvar-sentabr oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 barobarga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan.

 Joriy yilning yanvar - sentabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 76890,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati  2020- yilning yanvar - sentabr oylariga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,0 % ni tashkil etdi.

 2010- yilga nisbatan 2020- yilda Toshkent viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 14 185,0 mlrd. so'mga o'sdi va 16 438,3 mlrd. so'mga teng bo'ldi. 2020-yil yakuniga ko‘ra Toshkent viloyatida ko'rsatilgan bozor xizmatlarining jami respublikadagi ulushi 7,5 % ni tashkil etdi.

 2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari  hajmi 43599,6 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

 O‘zbekistonda 2020- yilda 32,7 mingta oshxona mebellari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 19- oktabr kuni Yoshlar ijodiyoti saroyida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.