Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 4,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  72,2 % ni tashkil etgan. 

Joriy yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari va Buyuk Britaniya milliy statistika idorasi xodimlari oʻrtasida Xalqaro sifat modellarini joriy etish va Milliy statistik registrlarni yuritish boʻyicha tajriba almashish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 38 398,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104 % ni tashkil qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 486,3 tonna chulgʻamli izolyatsiyalangan simlar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent shahri boʻyicha 1 839 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 19,4 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 93,7 %  ulushini tashkil etgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Sirdaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 72,4 %ni tashkil etadi.

2023-yil yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻida 62 554,2 mlrd.soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

2024-yilning 1-fevral holatiga jami 305 976 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 43 276,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104 % ni tashkil qilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Fargʻona viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 7,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  71,9 % ni tashkil etgan. 

2023-yil yanvar-dekabr oylarida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha bozor xizmatlari hajmi 14,8 trln. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” boʻlimi xodimlari uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻngi 5 yilda xizmatlar sohasida  jami 123,4 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.

2022/2023-oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʻlim tashkilotlarida kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 37 720 nafarni tashkil etgan.

Namangan muhandislik-texnolgiya institutida “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati boʻyicha 1 784 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 5,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  76,7 % ni tashkil etgan.