Qo`mita yangiliklari

Toshkent shahrida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 30 987,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 055,9 mln. dona tuxum olingan.

2023-yilning 1-dekabr holatiga savdo sohasidagi 160 570 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ular jami korxonalar sonining 32,6 % ini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Toshkent viloyati boʻyicha savdo, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 4 827 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 420 786 mlrd. soʻmga yetdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbeksiton Respublikasi boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 65 497,9 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 28,9 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 6 396,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida, jami 61,3 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari soni 78,1 %ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 264,5 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 1 yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 2 042,9 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

2023-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 43 274 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ular jami tadbirkorlik subyektlarining 7 % ini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Fargʻona viloyati boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 8 426,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 1 443,5 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 14,7 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Buxoro viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 7 995,8 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Jizzax viloyati oliy taʻlim tashkilotlarida kunduzgi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 23 061 nafarni tashkil etgan.