Qo`mita yangiliklari

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 11 224,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida direktor oʻrinbosari hamda onlayn eʼlonlarni joylashtirish boʻyicha eng ommabop elektron maydonlardan biri boʻlgan “OLX CLASSIFIEDS” MCHJ (Olx – savdo belgisi) rahbari tomonidan oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Namangan viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi ulushi 90,8 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 63,0 %ni,  transfertlardan olingan daromadlar 30,6 %ni hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,4%ni tashkil etadi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida jami  35 127 ta korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 271,8 ming boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,9 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida temiryoʻl transportida 7 425,7 ming nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 751,4 ming kishiga koʻpdir.

2023- yil 16-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga 1 174,3 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2,9 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Avval xabar qilinganidek, Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va statistika sohasida tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan Statistika agentligida bo‘lib turibdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahri boʻyicha 25 548,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 835 nafar egiz tugʻilganlar (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 9 019,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 3,0 % ga o‘sdi.

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 73,8 %ni tashkil etdi. Jizzax viloyati yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib, 98,3 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 62,5 %,  transfertlardan olingan daromadlar 32,9 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 4,6 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-noyabr holatiga savdo sohasida 218 075 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.