Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 147,4 ming dona bamperlar ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 578 297 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan.

Joriy yilning 3 -may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlar malakasini oshirish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.

Qashqadaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 33,5 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida 1,8 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida jami 1,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent shahri boʻyicha 18 935 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 58,1 %, transfertlardan olingan daromadlar 33,1 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,8 % tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 40 416,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil qildi.

Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Migratsiyaga oid statistik ma’lumotlar bilan ishlash: mavjud amaliyot va istiqboldagi rejalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

2023-yil yanvar-mart oylarida havo transportida 1 124,6 ming kishi joʻnatilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,7 %ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1,7 ming dona mototsikllar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,0 martaga oshgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ lardan keyin ikkinchi o‘rinni - xususiy korxonalar egallagan.

Jizzax viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 79,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida 1,2 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida jami 1,2 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yil 1- yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida jami 19 ta sport-taʼlim muassasalari mavjud.

2023-yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 16 713 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.