Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2023-yilning 1-dekabr holatiga 428 396 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatayotgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari 424 695 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Navoiy viloyati boʻyicha qurilishda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2 062,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 2 664  mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 21,1 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Andijon viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 6 367,1 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Fargʻona viloyatida jami 376 ta moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Surxondaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 81,6 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 141,6 ming tonna mazut ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 44 063  ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Respublikamizda sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlarining eng katta hajmi joriy yilning may oyida qayd etilib, 843,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Samarqand viloyatida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 10 042,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, roʻyxatdan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 613 153 taga (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Toshkent viloyatida YAHM 3,6 % ga oʻsgan holda, 76 383,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 2 994,8 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 16 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Jizzax viloyati boʻyicha nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 3 542,9 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylari davomida O‘zbekistonga 99 244 nafar Turkiya fuqarolari tashrif buyurgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Sirdaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari soni 72,4 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 836,6 ming dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 98 387 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.