Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar oyida Jizzax viloyatida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 171,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 982 tani tashkil etib, ulardan 13 531 tasi faoliyat yuritmoqda.

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi Axborot xizmatining Telegram va Facebook sahifalari rasmiy belgi (verifikatsiya)ni qo‘lga kiritdi. Mazkur jarayonda amaliy yordam bergan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga minnatdorchilik bildiramiz.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar oyida 7 davlatga qiymati 3,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,7 ming tonna pomidor eksport qilgan.

 Pomidor eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 ming tonnaga kamaygan.

2021/2022- o‘quv yilida Jizzax viloyatida umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 261,6 ming nafarni tashkil etgan.

2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami 57 499 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 53 310 tasi faoliyat yuritmoqda.

2021/2022- o‘quv yilida Andijon viloyatida umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 574,3 ming nafarni tashkil etgan.

2022- yilning 1- mart holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 474 066 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 88 899 tani (ulushi 18,8 foiz) tashkil qildi.

2022- yilning fevral oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,7 % ga qimmatlashgan.

2022- yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan Buxoro viloyati 1,9 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 6,0 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 13,2 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 22,2 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 25,4 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 31,3 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

2022- yilning yanvar oyida transport xizmatlari hajmi 5 063,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2021- yilning shu davriga nisbatan 12,4 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida YAHM hajmi 8,0 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar oyida Buxoro viloyatida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 41,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida markazlashgan moliyalashtirish manbalaridan Respublika budjeti 2081,1 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 7,5 % ini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 92,6 %ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga 10 ta davlatdan qiymati 1,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan.