Qo`mita yangiliklari
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 30- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda gender statistikasini takomillashtirish bo‘yicha onlayn o’quv seminar o‘tkazildi.
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyun oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 157,5 % ni tashkil etdi va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 3,7 % punktga ko‘payib, 14,5 % ni tashkil etdi.
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-iyul oyilarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidadagi eng katta ulush Toshkent shahriga tegishli (36,6 %). Xizmat ko‘rsatish sohasining nisbatan past ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida (1,5 %) qayd etildi.
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020/2021- o‘quv yili boshiga kasb-hunar maktablarida 6466 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qirg‘iz Respublikasidan 265,9 ming kishi (barcha tashrif buyurganlarning 38,4 % i), Qozog‘iston Respublikasidan – 221,6 ming kishi (32,0 %), Rossiya Federatsiyasidan – 71,7 ming kishi (10,4 %), Tojikiston Respublikasidan – 55,0 ming kishi (8,0 %), Belarus Respublikasidan – 1,8 ming kishi (0,3 %).
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-iyun oylarida yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmidagi kichik tadbirkorlik subyektlari ulushi 94,9 % ni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng yuqori ulushlar Surxondaryo (98,6 %), Samarqand (98,3 %) va Jizzax (98,1 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
“Халқ сўзи” gazetasining 2021- yil 31- avgust sonida Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan, Davlat statistika qo‘mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar doirasida so’nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga oid “Milliy statistika tizimi: yutuqlar, muammolar va kelgusi vazifalar” nomli maqolasi chop etildi.
31/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 % ni tashkil etdi.
30/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik arafasida, ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda, ehtiyojmand oilalar va keksalar holidan xabar olinmoqda.
30/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga, jami qurilish ishlari hajmining 67,4 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 11,6 % punktga kamaydi.
30/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- avgust holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 454 975 tani tashkil etdi.
Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 15,0 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
30/08/2021 • Qo`mita yangiliklari
Ro‘yxatga olingan jinoyatlarning turlari bo‘yicha tahlil qilinganida, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 9439 ta firibgarlik (jamiga nisbatan 20,7 %), 8354 ta iqtisodiyot sohasida, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar (jamiga nisbatan 18,3 %), 7618 ta o‘g‘rilik (16,7 %), 2500 ta o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish (5,5 %), 2092 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar (4,6 %), 1150 ta poraxo‘rlik (2,5 %), 1100 ta bezorilik (2,4 %), 489 ta qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (1,1 %), 416 ta talonchilik (0,9 %), 217 ta qasddan odam o‘ldirish va odam o‘ldirishga urinish (0,5 %), 158 ta tovlamachilik (0,3 %), 146 ta nomusga tegish va nomusga tegishga urinish (0,3 %), 135 ta bosqinchilik (0,3 %) va 11816 ta boshqa turdagi jinoyatlar (25,9 %) ro‘yxatga olingan.
2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 691,7 ming kishini tashkil etdi.
929-sahifa 1023 dan


