Qo`mita yangiliklari

2023-yil yakunlariga koʻra, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 8 915,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 1-mart holatiga jami 301 312 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 26­-fevral – 8-mart kunlari Vashington shahrida (AQSH) Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Salohiyatni rivojlantirish instituti tomonidan “Iqtisodiy faoliyatning yuqori chastotali ko‘rsatkichlari - Choraklik milliy hisoblar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursi natijalari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 701,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 126,7 % ga yetdi.

Joriy hisobot davrida yangi qurilishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 211,4 trln. soʻmga yetdi.

Joriy yilning 14-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida davra suhbati tashkil etildi.

2024-yilning yanvar oyida, Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 6,7 trln. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oyida FHDYO organlarida respublikamiz boʻyicha 35 067 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Joriy yilning 14-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya va mehnat statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 10 750 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb toʻrtdan uch qismini, aniqrogʻi, 63,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari va Buyuk Britaniya milliy Statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribasi almashinuviga doir onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, savdo, yashash va ovqatlanish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 72 382,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAIMdagi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng yuqori ulushi qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 95,6 %, qurilishda – 77 %, xizmatlar sohasida – 40,4 % va sanoatda – 21,4 % ni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil 1-mart holatiga respublikamizda savdo sohasida 221 653 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 5,0 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 116 tonna parranda goʻshtidan tayyorlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.