Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 21 901 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Joriy yiling 20–22-dekabr kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida statistika boshqarmasi hamda mahalliy va davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni:

Sirdaryo viloyatida 2023-yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi  9 836,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 19-dekabr kuni Statistika agentligi Sport targ‘ibotchisining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Xorazm viloyati boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 3 708,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari boʻyicha Toshkent shahrida (125,9 %), Surxondaryo (125,4 %), Xorazm (124,4 %), Toshkent (123,6 %), Sirdaryo (121,9 %), Samarqand (121,8 %) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (122,1 %)da yuqori oʻsish surʻati kuzatilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 18–22-dekabr kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi statistika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda bo‘ladi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpogʻiston  Respublikasida jami 5,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 19 150,7 tonna sovun ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 29 066 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida jami 10,4 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Andijon viloyatida jami 6,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaligi a’zolarining soni:

Namangan viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 20 791,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Buxoro viloyati boʻyicha qurilishda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2 914,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 598,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.