Qo`mita yangiliklari

Samarqand viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrdan yuqori bo‘lib 62,2 %ni tashkil etdi.

2022/2023-o‘quv yili boshiga Buxoro viloyatida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 57 484 nafarni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlari hajmi 10 962,8 mlrd. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (13 780,7 mlrd. soʻm) hajmining 79,6 %ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 89,2 ming tonna shagʻal qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent shahri boʻyicha 18 865 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 16 918,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,7 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 49,8 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga 102 954 ta xususiy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, so’nggi besh yilning mos davrlarida ularning dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida jami 11,0 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 162 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 1,8 %ni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 73,0 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan MDH mamlakatlari statistika idoralari mutaxassislari ishtirokida “Xalqaro taqqoslashlar dasturi”ga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 117,1 ming tonna koʻmir qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,8 %ga oshgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 628,1 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qozogʻistonga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 178 873,8 mlrd. soʻmga teng boʻlib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 47,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qashqadaryo viloyati boʻyicha 23 157 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga  ko‘ra, Namangan viloyatining  aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsuloti hajmi 11 135,1 ming so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 3,0 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 60,3 %ni tashkil etdi.